Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi — sport va jismoniy madaniyatni rivojlanitirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, Olimpiyadaga oid taʼlim, Olimpiya qadriyatlari ommalashtirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash ishlarida ishtrok etadi, sport murabbiylari va sport tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida faoiyat yurituvchi tashkilot.
![]() | |
Turi | Nodavlat notijorat tashkiloti |
---|---|
Maqomi | amalda |
Shiori | Citius Altius Fortius |
Maqsadi | Olimpiadaga oid taʼlim |
Ishga tushgan sanasi | 1993-yil |
Joylashuvi | Toshkent shahri |
Hududiy xizmati |
![]() |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Aʼzolari |
Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi Osiyo Olimpiya Kengashi |
Vebsayti | olympic.uz |
Til(lar)i |
Oʻzbek Rus Ingliz |
Tashkil etilishi
tahrir1992-yil 21-yanvarda Toshkent shahrida chaqirilgan konferensiya qarori bilan tashkil topgan. 1993-yil sentabr oyida Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi ning 101-sessiyasida tasdiqlangan.[1] MOQ sport va jismoniy madaniyatni rivojlanitirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, Olimpiyadaga oid taʼlim, Olimpiya qadriyatlari ommalashtirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash ishlarida ishtrok etadi, sport murabbiylari va sport tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, Milliy Olimpiya qoʻmitalari jamiyati va boshqa qator xalqaro sport federatsiyalari hamda tashkilotlari oʻrtasida mustahkam hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.[2] MOQning oliy organi Bosh assambleya, u odatda, bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Assambleyalar orasidagi davr ichida MOQ ijroiya qoʻmitasi olimpiada harakatiga rahbarlik qiladi. MOQ rahbarligida ish olib boruvchi Olimpiya akademiyasi tashkil qilingan (1993). U koʻngilli jamoat tashkiloti hisoblanib, olimpiada harakati va olimpiada oʻyinlarining qadriyat va tamoyillarini oʻrganadi va ommalashtiradi. Olimpiada gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida Toshkentda Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tashkil etilgan (1996). Muzeyda Oʻzbekiston va xalqaro olimpiya harakati, milliy sport turlari tarixi, mashhur sportchilar erishgan muvaffaqiyatlardan hikoya qiluvchi eksponatlar toʻplangan.[3]
Faoliyati
tahrirOʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi[4] (MOQ) nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, u oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ), Olimpiya Xartiyasi va Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Ustavi asosida amalga oshiradi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha bir qator muhim funksiyalarni bajaradi. MOQning asosiy funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalarga boʻlish mumkin.
Ichki funksiyalarga quyidagilar tegishli:
- Oʻzbekistonda Olimpiya Xartiyasida mustahkamlangan tamoyillar asosida Olimpiya Harakatini rivojlantirish;
- respublika aholisini jismonan va maʼnaviy-ruhiy tarbiyalashga koʻmaklashish;
- jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy bandlikni rivojlantirishda ishtirok etish;
- milliy sport turlari, nogironlar oʻrtasidagi sport turlarini rivojlantirishni targʻib qilish, davlat va jamoaviy jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga mamlakat terma jamoalari va sport zahiralarini tayyorlashga koʻmaklashish;
- yoshlarni halol kurashish, raqibga oʻzaro hurmat munosabatida va xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik ruhi tamoyillari asosida tarbiyalash;
- Oʻzbekistonda Olimpizm gʻoyalarini targʻib qilish, insonlarni Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarining muvaffaqiyatlari bilan tanishtirib borish, Olimpiya taʼlimini rivojlantirish;
- sport kadrlarining malakasini oshirish va tajriba almashish boʻyicha konferensiyalar, seminarlar, kurslar tashkil etish;
- sportni qoʻllab-quvvatlovchi fondlar va xayriya tashkilotlari tuzishda qatnashish; sportchilar, murabbiylar, sport hakamlari, sport faxriylarining manfaatlarini himoya qilish.
Tashqi funksiyalar ham bulardan unchalik farq qilmaydi:
- xalqaro arenalarda Oʻzbekiston Respublikasining tutgan oʻrnini mustahkamlash va nufuzini oshirish;
- Olimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari, Butunjahon yoshlar va Markaziy Osiyo oʻyinlarida mamlakat delegatsiyalariga boshchilik qilish;
- XOQ, OOK, boshqa davlatlarning Milliy Olimpiya qoʻmitalari, xalqaro sport birlashmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
- XOQning „Olimpiya birdamligi“ dasturlarida ishtirok etish;
- Respublika sport federatsiyalari va tashkilotlariga ularning xalqaro sport uyushmalari ishlarida faol ishtirok etishlariga koʻmaklashish;
- xorijiy muassasalar, tashkilotlar va firmalar bilan Oʻzbekiston MOQ vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xizmat shartnomalarini tuzish va amalga oshirish;
- xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Olimpiya Harakati va sport tashkilotlari manfaatlarini taqdim etish;
- xalqaro (nohukumat) birlashmalarga milliy davlat qonunchiligi asosida aʼzo boʻlish;
- toʻgʻridan-toʻgʻri xalqaro aloqa va munosabatlar oʻrnatish, mamlakatlar va hududlar sport uyushmalari bilan bitimlar imzolash.
Ichki funksiyalarni bajarish 1992-yil 21-yanvardan, Oʻzbekiston MOQ tuzilganidan boshlab amalga oshirila boshlandi. Xalqaro faoliyatni toʻla amalga oshirish Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi oʻzining 1993-yil sentabr oyidagi 101-sessiyasida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasini tan olgan paytdan boshlagan.[5]
Oʻzbekistoning Olimpiada oʻyinlaridagi medallari
tahrirOʻzbekiston Olimpiyachilarining Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erishgan medallari[6]
Oʻzbekistonning jami medallari | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Ishtrokchi | Mezbon mamlakat | Bayroqdor | Oltin | Kumush | Bronza | Jami | Oʻrni |
1996 | 71 | USA Atlanta | Temur Ibragimov | 0 | 1 | 1 | 2 | 58 |
2000 | 70 | Australia Sidney | Muhammadqodir Abdullayev | 1 | 1 | 2 | 4 | 41 |
2004 | 69 | Greece Afina | Abdulla Tangriyev | 2 | 1 | 2 | 5 | 34 |
2008 | 56 | China Pekin | Dilshod Mahmudov | 1 | 2 | 3 | 6 | 40 |
2012 | 53 | UK London | Elshod Rasulov | 1 | 0 | 2* | 3 | 47 |
2016 | 70 | BRA Rio-de-Janeyro | Bahodir Jalolov | 4 | 2 | 7 | 13 | 21 |
2020 | 68 | JPN Tokyo | Bahodir Jalolov Nigora Tursunqulova |
3 | 0 | 2 | 5 | 32 |
2024 | 90 | FRA Parij | Abdumalik Xalokov Zaynab Dayibekova |
8 | 2 | 3 | 13 | 13 |
London-2012 Olimpidasida bronza medalini qoʻlga kiritgan Soslan Tigiyev organizmida taqiqlangan metilgeksaneamin moddasi topilgani sabab, bronza medalidan mahrum qilingan.[7][8]
Olimpiada oʻyinlari tarixidagi sovrindorlar
tahrirOʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi quyidagilardan tashkil topgan:
tahrir- Oʻzbekiston MOQ Prezidenti, Bosh Kotib va Vitse-Prezidentlar;
- Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi aʼzolari;
- Olimpiya oʻyinlari dasturiga kirgan sport turlari xalqaro federatsiyalari aʼzolari hisoblanuvchi Milliy sport federatsiyalari yoki MOQ va uning Ijroqoʻmining koʻpchilik ovozini tashkil etuvchi vakillari. MOQ har bir sport turlari boʻyicha bunday Xalqaro sport federatsiyalari boshchilik qiluvchi birdan ortiq Milliy sport federatsiyalarini tan olmaydi;
- Olimpiya va milliy sport turi hisoblanmaydigan federatsiyalar vakillari;
- Sport tashkilotlarining umumiy yigʻilishlarida demokratik yoʻl bilan rivojlantiriluvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri sport tashkilotlari vakillari;
- Davlat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi organlari, koʻngilli sport jamiyatlari va muassasalari vakillari;
- Oldingi va kelgusi Olimpiya oʻyinlari atlet-ishtirokchi vakillari;
- Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Akademiyasi Prezidenti;
- Sport jurnalistlari federatsiyasi vakillari;
- Alohida shaxslar — Olimpiya harakati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (koʻzga koʻringan jamoat, fan va sanʼat arboblari);
- Oʻzbekiston MOQning faxriy aʼzolari;
- MOQ faoliyatiga moddiy va moliyaviy koʻmaklashuvchi tashkilotlar vakillari.
Sport federatsiyalari
tahrirOʻzbekiston boks federatsiyasi
Rais: Ochilboy Ramatov
Bosh kotib: Boltaboyev Jahongir Baxtiyorovich
Vitse-prezident: Poʻlatov Saken Jetibayevich
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi
Rais: Nigʻmatilla Yoʻldoshev
Bosh kotib: Shuhrat Mamadaliyev
Vitse-prezident: Shofayziev Shomurod Muhsinovich, Roʻziev Ahrol Ahmedovich, Rahimov Muxtar Nigmatovich
Tashkil topgan yili: 1998-yil
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
Rais: Abdusalom Azizov
Bosh kotib: Avaz Maksumov
Raisning birinchi oʻrinbosari: Ravshan Ermatov
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi
Rais: Bahromjon Gʻoziyev
Bosh kotib: Kseniya Gulyamova
Tashkil topgan yili: 2017
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi
Rais: Sodiq Safoyev
Bosh kotib: Qahramon Jalilov
Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi
Rais: Ilhom Mahkamov
Vitse-prezidentlar: Iskov R.I, Joʻraev I.T, Yurkevskiy K.E, Qodirov R.Gʻ.
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston velosport federatsiyasi
Rais: Tanzila Norboyeva
Vitse-prezident: Kozim Oʻrinboyxoʻjayev
Tashkil topgan yili: 1991-yil
Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi
Rais: Avazjon Karimov
Bosh kotib: Sunnatilla Yoʻldoʻshev
Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi
Rais: Maqsud Abdusamatov[9]
Bosh kotib: Gulnora Saidova
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
Rais: Botir Zokirov
Bosh kotib: Abdukarimov Baxtiyor Abdurahimovich
Vitse-prezident: Shahrillo Mahmudov
Tashkil topgan yili: 2001-yil
Oʻzbekiston tennis federatsiyasi
Rais: Alisher Mirsoatov
Bosh kotib: Igor Shepelev
Vitse-prezident: Iroda Toʻlaganova
Tashkil topgan yili: 1999-yil
Oʻzbekiston taekvondo federatsiyasi
Rais: Sherzod Toshmatov
Bosh kotib: Abduazim Isroilov
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi
Rais: Shuhrat Xolmuhammedov
Bosh kotib: Jaloliddin Atabullayev
Tashkil topgan yili: 1998-yil
Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi
Rais: Rustam Joʻrayev
Rais oʻrinbosari: Otabek Imomov
Bosh kotib: Xasanbaev Otabek Kamilovich
Vitse-prezident: Toʻlaganov Shavkat Toʻraevich
Tashkil topgan yili: 2005-yil
Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi
Rais: Viktor Mahmudov
Rais oʻrinbosari: Nosirov Farruh
Bosh kotib: Kun Yelena
Tashkil topgan yili: 2019-yil
Oʻzbekiston suv sporti federatsiyasi
Rais: Qudratullo Rafiqov
Bosh kotib: Gʻaniyev Alisher Abdumajitovich
Vitse-prezident: Gʻulomov Saidaxrol Gʻanievich
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi
Rais: Sherzod Qudbiyev
Rais oʻrinbosarlari:
Tashkil topgan yili: 1993-yil
Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi
Rais: Bahodir Siddiqov
Rais oʻrinbosari: Andrey Abduvaliyev
Bosh kotib: Kamoliddin Roʻzimuhamedov
Vitse-prezident: Ikramdjanov B. I., Mirtemirov B. R., Sagdiev A.
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston ot sporti federatsiyasi
Rais: Bahrom Gʻoziyev
Bosh kotib: Ibragimov Nodirbek Anvarbekovich
Vitse-prezident: Ismatov Ulugʻbek
Tashkil topgan yili: 1997-yil
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
Rais: Azizjon Komilov
Bosh kotib: Jamshid Nasriddinov
Vitse-prezident: Armen Bagdasarov, Shavkat Moʻminov
Tashkil topgan yili: 1991-yil
Oʻzbekiston gandbol federatsiyasi
Rais: Quvondiq Sanaqulov
Bosh kotib: Ismoiljon Matxoliqov
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi
Rais: Poʻlat Bobojonov
Bosh kotib: Husan Nasrullayev
Tashkil topgan yili: 1991-yil
Oʻzbekiston „rowing & canoe“ federatsiyasi
Rais: Bobir Islomov
Bosh kotib: Vyacheslav Didrix
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi
Rais: Iskandar Shodiyev
Bosh kotib: Asatullaev Sherzod Hasanxodjaevich
Tashkil etilgan sana: 2011-yil
Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi
Rais: Ulugʻbek Roʻziqulov
Raisning birinchi oʻrinbosari: Goʻzal Moʻminova
Bosh kotib: Timur Abduvaliyev
Vitse-prezident:
Tashkil topgan yili: 2023-yil
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Rahbariy organlari quyidagilar hisoblanadi:
tahrir- Bosh Assambleya;
- Ijro etuvchi qoʻmita (Ijroqoʻm)
- Ijroqoʻm burosi.
Bosh Assambleya
tahrirBosh Assambleya vakolatlariga quyidagilar kiradi:
- Oʻzbekiston Respublikasida Olimpiya Harakatini rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish;
- XOQ yoki OOK vasiyligida oʻtkaziluvchi Olimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari yoki boshqa sport musobaqalarini oʻtkazishda respublika shaharlari nomzodlarini taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
- Oʻzbekiston MOQning kelgusi davr uchun faoliyat dasturlarini tasdiqlash;
- Ijroqoʻm va MOQ Taftish komissiyasining hisobot yili va toʻrt yillik davr uchun faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarini koʻrib chiqish va baholash;
- Oʻzbekiston MOQga aʼzolik toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
- Prezident, Vitse-prezidentlar, Bosh kotib, Ijro etuvchi qoʻmita aʼzolari va Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash;
- Respublika sport federatsiyalari va ularga tenglashtirilgan birlashmalar (assotsiatsiyalar) ni tan olish;
- Bosh Assambleya yiliga kamida bir marotaba oʻtkaziladi;
- Toʻrt yilda bir marotaba, navbatdagi yozgi Olimpiya oʻyinlari oʻtgan yildan keying yil Oʻzbekiston Bosh Assambleyasining hisobot-saylovi oʻtkaziladi, unda Ijroqoʻmning hisoboti tinglanadi, rahbariy organlar saylovi oʻtkaziladi;
- Bosh Assambleya faqatgina aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etganda va faqatgina kun tartibiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha qaror qabul qilish huquqiga ega;
- Qarorlar MOQ ishtirokchi aʼzolarining ochiq yoki yopiq ovoz berish orqali oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Olimpiya oʻyinlariga tegishli masalalar hal qilinganda faqatgina MOQ Ijroqoʻmi aʼzolari va Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sport turlari boʻyicha xalqaro federatsiyalar vakillari ovozi qabul qilinadi.
Ijro etuvchi qoʻmita
tahrirBosh Assambleyalar davrida Oʻzbekiston MOQ faoliyatiga tarkibi Bosh Assambleya tomonida belgilanadigan Ijro etuvchi qoʻmita boshchilik qiladi. Oʻzbekiston MOQ tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Prezident
- Vitse-prezidentlar
- Bosh kotib
- Ijroqoʻm aʼzolari
Ijroqoʻm majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
- Ustavga amal qilinishini taʼminlash;
- Bosh Assambleya kun tartibini, uni oʻtkazish vaqti va joyini aniqlash;
- Oʻzbekiston MOQ budjetini, faoliyatining moliyaviy va maʼmuriy qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularni amalga oshirishni nazorat qilish;
- Doimiy komissiya roʻyxatini tasdiqlash, ularning faoliyati va vakolatlari doirasini aniqlash;
- Bosh Assambleya topshiriqlarini bajarish;
- Oʻzbekiston MOQning yangi aʼzolarini tan olish boʻyicha, MOQ aʼzolarini mukofotlash boʻyicha va Ustav qoidalari buzilgan hollarda MOQ aʼzolariga nisbatan jazo choralari koʻrish boʻyicha takliflar tayyorlash;
- Oʻzbekiston MOQ imzolagan shartnomalar, kelishuvlar va boshqa bitimlarning shartlarini koʻrib chiqish;
- Oʻzbekiston terma jamoalarining Olimpiya, Osiyo oʻyinlari va XOQ va OOK shafeligida oʻtkaziluvchi boshqa kompleks xalqaro musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishi va qatnashishi masalalarini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish;
- Tegishli respublika sport federatsiyalari tomonidan taqdim etilgan sportchilarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish. Sport federatsiyalari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarning Olimpiya Xartiyasiga mos tushishini (har tomonlama) taʼminlash;
- Sport federatsiyalari aʼzolarining ekipirovkasi, transportirovkasi va joylashishini tashkil etish;
- Delegatsiya aʼzolari foydasiga baxtsiz hodisalar (nogironlik, oʻlim, kasallik, tibbiy va dori-darmon harajatlari) va uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarlikdan sugʻurtalash toʻgʻrisidagi shartnomalar tuzish. Sport delegatsiyasi aʼzolarining yurish-turishiga maʼsuliyatni oʻz boʻyniga olish;
- Ijroqoʻm oʻz majlislarini zarur hollarda, lekin bir yilda kamida uch marta oʻtkazadi, shuningdek, majlis MOQ Prezidenti qarori bilan yoki Ijroqoʻm aʼzolarining 1/3 qismi talabi bilan ham oʻtkazilishi mumkin;
- Ijroqoʻm majlisda oʻz aʼzolarining kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda qaror qabul qilishi mumkin;
- Qarorlar mavjud Ijroqoʻm aʼzolarining ochiq ovoz berishi orqali oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, Prezident ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidentlari
tahrirOlimpiya shon-shuhrati muzeyi
tahrirOlimpiya shon-shuhrati muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 284-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Uning 1996-yil 1-sentabrdagi tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining oʻsha vaqtdagi Prezidenti Xuan Antonio Samaranch ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Olimpizm qadriyatlarini va „halol oʻyin“ tamoyillarini targʻib qilishda, Oʻzbekiston sportchilarining gʻalabalari va Oʻzbekistonda Olimpizmning rivojlanish tarixi toʻgʻrisida keng jamoatchilikka maʼlumot berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda muzey Oʻzbekiston sportchilarining Olimpiya oʻyinlarida va boshqa muhim xalqaro musobaqalarda qoʻlga kiritgan gʻalabalarini oʻzida aks ettiruvchi mavzuli ekspozitsiyalar va koʻrgazmali tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etadi. Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi asosiy fondidan 2000 dan ortiq eksponat oʻrin olgan, shulardan 1000 dan ortiq eksponat doimiy ekspozitsiyaga qoʻyilgan. Muzeyda medallar, kuboklar, mayoqlar, pochta markalari, badiiy tasmalar, sport inventarlari va kiyim-kechaklari koʻp miqdorda koʻrgazmaga qoʻyiladi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ "Olimpiya bilimlari asoslari. S.S. Roʻzievning umumiy tahriri ostida. -T.:"Sharq", 2002. −96b."
- ↑ Milliy Olimpiya qoʻmitasi 20 yoshda
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi
- ↑ olympic.org
- ↑ sports-reference.com Olympics, 28-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 4-dekabr 2012-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ IOC strips Uzbek wrestler of London bronze
- ↑ Soslan Tigiev rasman Olimpiada-2012 medalidan mahrum qilindi, 12-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 5-dekabr 2012-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Избран новый глава Федерации фехтования Узбекистана“.
- ↑ Novim prezidentom Natsionalnogo Olimpiyskogo komiteta Uzbekistana izbran Aziz Nosirov, 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 27-noyabr 2012-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Malik Babaev vozglavil Natsionalniy olimpiyskiy komitet Uzbekistana[sayt ishlamaydi]
- ↑ Generalnaya assambleya NOK, 14-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 30-dekabr 2012-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ OʻZBEKISTON MILLIY OLIMPIYA QOʻMITASINING XV BOSH ASSOMBLEYASI OʻTKAZILDI[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://m.kun.uz/news/2019/05/15/milliy-olimpiya-qomitasiga-yangi-rahbar-saylandi
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston MOQqa rais, Otabek Umarov esa birinchi o‘rinbosar bo‘ldi“.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayt (rus.)
- Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi — Oʻzbekiston (ingl.)
- Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi (Wayback Machine saytida 23-oktabr 2012-yil sanasida arxivlangan) (rus.)
Vikipediyada «Sport» loyihasi bor |